Andijon xalqaro aeroporti

“Zaxiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroporti” aviatsiya tashuvlariga yerusti xizmati ko‘rsatish, parvozlar xavfsizligi va xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatini ta’minlash, shuningdek aviatsiyadan tashqari xizmatlarni ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Respublika shaharlari va MDH mamlakatlariga muntazam aviatashuvlarni amalga oshiradi.

Aeroport Ahtachi QFYdan2 kmshimoli-sharqda, Andijon shahridan 7 km janubi-g‘arbda, temir yo‘l bo‘ylab joylashgan. Aviahalokatlar, zilzilalar, epidemiyalar va tahminiy-terroristik harakatlar, yong‘inlar va portlashlar maxsus kategoriyadagi ob’ektning xavfsiz ishlashiga ta’sir qiluvchi omillar hisoblanadi. Ob’ektning egallagan yermaydoni - 243,45 ga. Aerodromning umumiy perimetri-10700 metr. Perimetryo‘liningmavjudligi (uzunligi, qoplamasi) - uzunligi 10700 m.

Aeroport hududida “O‘zaeronavigatsiya” Markazining havo harakatini boshqarish Andijon hududiy bo‘limi, radiotexnika asbob-uskunalari va aloqalaridan foydalanish bazasi, O‘zRFVV huzuridagi “O‘zgidromet” Gidrometeorologiya xizmati markazining fuqaro aviatsiyasi meteorologiya stansiyasi” joylashgan.

Bugungi kunda aeroportda B-757-200 havo kemalarida “Uzbekistan Airways”AJningToshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlari hamda Rossiya Federatsiyasining Moskva va Irkutsk shaharlaridan, Rossiyaning “IrAero”, “AzurAir” va “Royal Flayt” aviakompaniyalarining charter qatnovlari amalga oshirilmoqda.

Aeropor tmanzili: 170011 Andijon Sh., Novokoltsevko‘chasi, 1

e-mail: airport.azn@uzbairports.uz.

tel.:+99874 228 46 65, faks: +99874 228 48 10